Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akademik litseylarda an’anaviy darslar qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
12.10.2020 10:13,  
163

Joriy yil  15 oktyabrdan oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda 2020-2021 o‘quv yili an’anaviy tarzda boshlanadi.

Bunda SanPiN talablari bajarilgan taqdirda va ota-onalar hamda deputatlardan ijobiy xulosa berilgandan so‘ng akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlashga tayyorligi haqida hududiy ishchi guruhlarning xulosasi olinadi.

Yangi o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlashga tayyor bo‘lgan akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlash masalasi tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi muhokamasidan o‘tkaziladi. 

Shuningdek, o‘quv jarayonlarini boshlash muddati va shaklini belgilash maqsadida ota-onalarning fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkaziladi. 

Ta’lim muassasasiga o‘quvchilarning  an’anaviy tarzda kelib o‘qishlari majburiy hisoblanmaydi.

Karantin talablaridan kelib chiqib, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar turar joylari hamda oshxona/bufetlar faoliyat yuritmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан