Akademik litseylarning imtihonlari sentyabr oyiga qoldirildi

Akademik litseylarning imtihonlari sentyabr oyiga qoldirildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining to‘xtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surildi, deya xabar berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Matbuot xizmati.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlari joriy yil sentyabr oyining birinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, imtihonning aniq sanasi ma’lum bo‘lgach, qo‘shimcha xabar beriladi.