Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akademik Sattor Tursunmuhammedov vafot etdi
21.07.2020 17:06,  
107

Ijtimoiy falsafa va sotsiologiya sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (FA) akademigi Sattor Tursunmuhammedov 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Sattor Tursunmuhamedov 1929 yilda Turkiston (Qozog‘iston) shahrida tug‘ilgan. Olim 1976—1979 yillarda Oliy o‘quv yurtlari ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari malakasini oshirish instituti direktori vazifasini bajargan.

1979—1983 yillarda Toshkent pedagogika instituti rektori, 1983—1985 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida falsafa kafedrasining mudiri bo‘lgan.

1993 yildan O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Oliy pedagogika instituti, 1995 yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan.

2000 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi unvonini olgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан