Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akademik Shavkat Akmalxonov vafot etdi
15.10.2020 08:50,  
156

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi yirik olim, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi akademigi Shavkat Akmalxonov 87 yoshda vafot etdi. Olimning vafoti munosabati bilan Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov, A.Aripov, B.Yo‘ldoshev ta’ziya izhor qildi.

Sh.Akmalxonov 1933 yil 18 avgustda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1956 yili Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tugatib, o‘z mehnat faoliyatini Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida zootexnik lavozimidan boshladi. Keyinchalik O‘zbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, so‘ngra doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 1991 yilda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi akademigi etib saylandi. 

Iste’dodli olim o‘zining 60 yildan ortiq ilmiy-pedagogik faoliyati davomida O‘zbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti (hozirgi Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti) katta ilmiy xodimi, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va direktori, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining vitse-prezidenti, Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida samarali mehnat qilib, ushbu sohalardagi dolzarb masalalarni tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shdi.

Zahmatkash olimning chorvachilik sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan yuzlab ilmiy maqolalari, o‘nlab kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislari o‘rtasida yaxshi ma’lum. Uning qator ilmiy ishlanmalari va patentlari mamlakatimizda chorvachilikni ilmiy asosda rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.

Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o‘nlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlandi.

Sh.Akmalxonovning O‘zbekiston ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni bilan mukofotlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан