Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aksiz solig‘ining bekor qilinishi import avtomobil narxini qanchaga tushiradi?
4.06.2020 09:30,  
3919

1 avgustdan import mashinalar uchun aksiz solig‘i bekor qilinishi haqidagi qaror avtomobil ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olindi.

"Yillar davomida monopoliya zavodni qo‘llab-quvvatlash uchun xorijdan kiradigan mashinalarga otning kallasidek soliq va bojlar qo‘yilgan, natijada nosog‘lom raqobat muhiti paydo bo‘lgandi. Bundan esa davlat biror tayinli foyda olgani dargumon, lekin iste’molchi (xalq) qiynalgani aniq.

Tonnalab bildirilgan tanqidlar ortidan endi ana shu sun’iy to‘siqlar sekin-asta yengillashyapti, bu juda quvonarli qaror, rosti" deb yozadi huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Shuningdek, bloger aksiz solig‘ining bekor qilinishi import avtomobil narxini qanchaga tushishini hisoblab chiqdi: 

Avvalo xorijdan kiradigan yengil avtomobillarga qanday qo‘shimcha to‘lovlar borligini ko‘rib chiqsak:

1) bojxona yig‘imi (bojxona qiymatining 0,2%, biroq kamida $25 va $3000 dan ortiq emas);

2) QQS (15%);

3) import bojxona boji (3 yilgacha bo‘lgan yangi avtomobillarga mashina narxining 30%i, 3 yildan ortiq eski mashinalarga 40%);

4)  yana bitta import bojxona boji (bu safar mashina dvigatel hajmiga qaraladi):

a) yangi mashina uchun – 1000 kub.smgacha har bir kub.sm uchun 1,8 dollar, 1500 gacha $2, 3000 gacha $2,5, 3000 dan oshsa $3;
b) eski mashina uchun - har bir kub.sm uchun $3;

5) aksiz solig‘i (mana shu bekor bo‘lmoqda).

Keling, aniqroq tushunishimiz uchun Volkswagen Passat mashinasining 2.0 TSI DSG Business Edition modifikatsiyasini misol tariqasida olamiz. Dvigatel hajmi 1984 kub.sm. Rossiyadagi narxi taxminan 34 ming AQSh dollari (yangisi).

Endi shu mashina O‘zbekistonga qanchaga kirib kelishini ko‘rib chiqamiz (transport xarajatisiz):

O‘zining narxi: $34000
Bojxona yig‘imi (0,2%): $68
QQS (15%): $5100
Import boji (narxdan 30%): $10200
Import boji (hajmdan - $2,5): $4960
Aksiz solig‘i (hajmdan - $2,9): $5753

Jami: 60 ming 81 AQSh dollari

Ko‘rib turganingizdek, 34 ming dollarlik mashinani O‘zbekistonga olib kirish uchun davlatga 26 ming dollar qo‘shimcha haq to‘lash kerak. Taxminan mashina narxining ustiga 77% to‘lov qilinyapti.

Endi 1 avgustdan boshlab aksiz solig‘i bekor bo‘lsa, hozirgi misolimizdan ko‘rish mumkinki, 5753 dollarga narx arzonlaydi. Ya’ni 34 ming dollarlik mashina salkam 54 mingga kirib keladi (mashina narxi ustiga taxminan 59% to‘lov).

Ha, import mashinalar uchun aksiz solig‘i bekor bo‘layotgani juda yaxshi yangilik, chunki bu uzoq yillik monopoliyaga sekin-asta barham berilishi uchun tashlangan qadamlardan biri.

Ammo baribir ham bojxona to‘lovlari juda yuqoriligicha qolmoqda. Bunaqada sog‘lom raqobat muhitini yaratib bo‘lmaydi. Yuqorida aytganimizdek, bundan ham davlat, ham xalq, ya’ni iste’molchi yutqazadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан