Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Akfa Medline” shifoxonasi qo‘riqchisiga nisbatan bezorilik sodir etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20.03.2021 16:04,  
245

2021 yilning 14 mart kuni soat 16:08 larda 45 yoshli Bahodir U., va 51 yoshli Rovshan Q.,lar  Olmazor tumanida joylashgan  jamoat joyi hisoblangan “Akfa Medline” shifoxonasida bo‘la turib, shifoxona qo‘riqchisi 27 yoshli A’zam A., o‘zining xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, unga qarshilik ko‘rsatib hech bir sababsiz haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazishgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Bahodir U., va Rovshan Q.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, Bahodir U., mazkur shifoxonada davolanayotganligi, Rovshan Q., uni ko‘rish maqsadida kelib, shifoxona ichki tartib qoidalariga ko‘ra mumkin bo‘lmasada, bemor xonasiga kirishini talab qilib, qo‘riqchiga qarshilik ko‘rsatib bemor xonasiga kirib, oradan bir soatdan so‘ng Bahodir U., va Rovshan Q., lar tashqariga chiqib, qo‘riqchiga “qo‘lingdan nima keldi” deb mazax qilganliklari tufayli, ushbu janjal kelib chiqqanligi aniqlandi.

Hurmatli fuqarolar korxona, muassasa, tashkilot va idoralarga tashrif buyurganingizda ichki tartib qoidalariga rioya qilishingizni, o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan xodimlarga nisbatan qarshilik ko‘rsatmasdan, ularning qonuniy talablarini bajarishingiz so‘raladi.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан