Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi
15.07.2020 11:20,  
1482

Prezident qaroriga binoan «Yuksalish» umummilliy harakati raisi va Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda bir qancha OAVlar o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Shuningdek, Burhonov «Yuksalish» umummilliy harakati raisi lavozimini tark etishi aytilmoqda.

Tayinlovga qadar, Akmal Burhonov «Yuksalish» umummilliy harakatiga raislik qilib kelayotgan edi. Shu bilan birga, u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (Adolat SDP) va Parlamentning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosidir.

Ma’lumot uchun, Akmal Burhonov Namangan viloyatida 1981 yili tug‘ilgan. 2001 yili Toshkent Davlat yuridik instituti bakalavriatini va 2003 yili magistraturasini, 2007 yili Nagoya Davlat universiteti (Yaponiya) magistratura bosqichini tugatgan hamda 2007 yildan Nagoya Davlat universiteti doktoranti hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 29 iyun kuni prezident farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgandi.

Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanib, Agentlik prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Agentlikka quyidagi bir qator huquqlar berilgan edi:

- byudjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bog‘liq materiallarni talab qilish, olish va o‘rganish;

- jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;

- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish;

- ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni kiritish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан