Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akmal Saidov: «Hozir partiyalar ko‘rsatgan nomzodlarning hech biri prezidentlikka nomzod emas»
18.08.2021 08:33,  
603
 
«Yuksalish» umummilliy harakatida o‘tkazilgan «Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki» mavzusidagi davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Saylov kodeksining talablari, qoidalariga aniq rioya qilinishi bo‘yicha fikrlarini bildirdi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

«Saylov jarayonlariga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilishimiz kerak. Saylovga tayyorgarlik jarayonining asosiy bosqichlari boshlandi. Bunda, marhamat, fuqarolik jamiyati institutlari jamoatchilik nazoratini amalga oshirsin.

Qonunchilikda hech qanday cheklovlar yo‘q. Bu borada Markaziy saylov komissiyasining ijobiy tashabbuslarini e’tirof etishimiz kerak. Ya’ni nogironlar jamiyati, bir qator ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolandi.

Saylov kodeksining talablari, qoidalariga aniq rioya qilinishi kerakligini ta’kidlamoqchi edim. Yaqindagina siyosiy partiyalarning ishonchli vakillariga guvohnomalar berildi. Partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun imzo varaqalari to‘plash bo‘yicha ruxsat berildi.

Hamma joyda partiyalar saylovda qatnashyapti, deyildi. Hali qachon qatnashadi saylovda? Qachonki Markaziy saylov komissiyasi partiyalar to‘plagan imzolarni tekshirib, haqqoniyligiga ishonch hosil qilgandan keyin ruxsat beriladi. O‘shandan keyin siyosiy partiyalar o‘zlarining viloyat, tuman konferensiyalarini o‘tkazadi, bo‘lajak s’yezdga delegatlar saylaydi. Undan keyin s’yezdda prezidentlikka nomzod ko‘rsatiladi.

Hozir hamma partiyalar nomzod ko‘rsatdi, deyilyapti. Qayerda yozilgan bunaqa norma. Siyosiy partiyalar s’yezdlarida ko‘rsatilgan nomzodlarga oid barcha hujjatlarni MSK ko‘rib chiqqandan keyin u yoki bu nomzodga guvohnoma beradi. Shundan keyin u nomzod hisoblanadi.

Hozir Saylov kodeksi bo‘yicha hech qaysi partiya ko‘rsatgan nomzod prezidentlikka nomzod emas. Buni, ayniqsa, ba’zi jurnalistlarimiz bilishini istardim. Ommaviy axborot vositalari ham muhim fuqarolik jamiyati institutining vakillaridir. Siz Saylov kodeksining birorta normasini boshqacha talqin qilishga haqqingiz yo‘q», – deydi Akmal Saidov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан