Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akmal Saidov: Propiska bu – kamsitish yoki diskriminatsiyadir
25.01.2020 13:45,  
1836

Bugun, 25 yanvar kuni Xalqaro press-klubning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari — Sodiq Safoyev, Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari — Akmal Saidov, Moliya vaziri — Jamshid Qo‘chqorov, Tashqi ishlar vaziri — Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri — Ruslan Davletovlar ishtirok etishmoqda.

Sessiyada Qonunchilik Palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos olim Akmal Saidov propiska tizimi to‘g‘risida shunday dedi:

Xalqaro huquqiy nuqtai nazardan propiska bu kamsitish, yoki diskriminatsiyadir.

Shuningdek, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov propiska tizimi haqida o‘z fikrlarini bildirdi:

"Propiskaning bekor qilinishi iqtisodiyotning o‘sishiga ko‘mak beradi. Ya’ni ish odam qidirmaydi, balki odam ish qidirishi mumkin bo‘ladi. O‘z o‘rnida urbanizatsiya rivojlanadi.

Propiska tushunchasi hech qayerda yo‘q. Bizda ham yo‘q bo‘lishi kerak. Yevropada nega rivojlanish darajasi yuqori, chunki aholi u yerda mobil. Masalan, fuqaro bir hududdan narsalarini mashinaga ortadi va ko‘chib ketadi. Bizda-chi, bir necha yillardan beri bir shahardan, yoki qishloqdan siljimasdan yashab kelayotgan vatandoshlar bor," - dedi Moliya vaziri.

Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Parlamentga Murojaatnoma yo‘lladi. Unda prezident parlament va Hukumatga ichki migratsiyani erkinlashtirishdir, 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflarni ishlab chiqishni aytdi. 

Shundan so‘ng, amaldorlar ham ochiq ravishda propiska tizimining zararlarini gapira boshladi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан