Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akmal Saidov xalqaro tashkilotda rais o‘rinbosari etib tayinlandi
5.02.2020 11:23,  
480

Parlamentlararo Ittifoq boshqaruv organlarining yangi tarkibini shakllantirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov ushbu Ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, shuningdek, uning moliya bo‘yicha kichik qo‘mitasi a’zosi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Mamlakatimiz vakili birinchi bor 2020-2023 yilda Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasi a’zosi sifatida qayd etildi.

MAVZUGA DOIR: Akmal Saidov Qonunchilik palatasida yangi lavozimni egalladi (video)

Parlamentlararo Ittifoq – dunyo davlatlari parlamentlarining asosiy xalqaro organi bo‘lib, 1889 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda tashkilotga 179 mamlakat parlamentlari a’zo. Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasi 18 kishidan tarkib topgan bo‘lib, ular tashkilotning 6 ta geosiyosiy guruhini ifodalaydi va uning ma’muriy organ sifatidagi vazifalarini bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Akmal Saidov yangi ta’sis etilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari lavozimiga ham saylangan edi.

MAVZUGA DOIR: Akmal Saidov: Propiska bu – kamsitish yoki diskriminatsiyadir

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан