Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akram Rahmonqulovning “butun to‘dasi”ga qonuniy jazo ko‘llanildi
29.12.2021 20:24,  
1391

Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov hamda bir guruh shaxslar (jami 27 kishi) sudlandi.

Akram Rahmonqulovga 7,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda 111,5 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Qolgan 26 kishiga jami 2 mlrd 187 mln so‘mdan ortiq jarima jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Jizzaxda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushgan edi. Shundan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoyev A.Rahmonqulov “siyosatimizga xiyonat qilganini” hamda uning “butun to‘dasiga” qonuniy jazo ko‘rish kerakligini ta’kidlagan edi.

Keyinroq Bosh prokuraturaning aniqlashicha, A.Rahmonqulov 2018 yilda viloyat hokimi o‘rinbosari etib tayinlangach, uyushgan guruh tuzib, milliardlab byudjet mablag‘larini talon-toroj qilib kelgan. Tergovda Rahmonqulovga tegishli bir qator ko‘chmas mulklar, 43 ta avtomashina zararni undirish uchun xatlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан