Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Akrom Malik ozodlikka chiqdi
27.08.2020 11:57,  
1199

Bugun, 2020 yil 27 avgust, payshanba kuni, navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malik ozodlikka chiqdi. Bu haqda «Akrom Malik qaydlari» telegram kanalida xabar berildi.

U 2016 yil, 22 iyul, juma kuni MXX tomonidan qamoqqa olingan edi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159- moddasi («Konstitutsion tuzumga tajovuz») hamda 244-moddasi («Jamoat xavfsizligiga tahdid») bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Akrom Malikning muxolifatdagi Muhammad Solih bilan hamkorligi va «Abdulloh Nusrat» taxallusi bilan yozgan siyosiy-tanqidiy maqolalari jinoyat sifatida baholangan.

«Akrom Malik qamoqda ilmiy va badiiy ijod bilan mashg‘ul bo‘ldi. »Jangchi«, »Halqa« kabi qissalarni, »Qalbning ichidagi nur" risolasini va bir necha she’rlar yozdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh mahkumlarni afv etdi. Shu qatorda, do‘stimiz Akrom Malikning ozod bo‘lishi barcha o‘zbekistonlik ziyolilar, yozuvchi, shoirlar, inson huquqlari faollari ham adolatsevar xalqimiz uchun munosib bayram tuhfasi bo‘ldi, desak, xato bo‘lmaydi.

Biz esa aytamizki, «Akrom, Alloh xayrlisini bersin, ortda qolgani rost bo‘lsin! Ozodlik muborak!» - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан