Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shikoyatlari qondirilmayotgan Akrom Malikning advokatlari manzil-koloniya rahbari bilan uchrashdi
4.12.2019 07:37,  
1173

Yosh adabiyotshunos Akrom Malik ishi yurtimizda ro‘y berayotgan turli islohotlardan chetda qolayotgandek: uning advokatlarining shikoyat arizalari sudlar tomonidan qondirilmayapti.

Yosh navoiyshunosning aybi isbotlanmasdan qamalgani haqidagi vaj Respublikamiz sudlari tomonidan qabul qilinmayapti. Ammo advokatlar mahkum Akrom Malikovning huquqini munosib darajada himoya qilishdan to‘xtamasliklarini ma’lum qilishmoqda.

Kuni kecha Akrom Malikning advokatlari F. Mustonov hamda T. Jumaniyazovlar u jazo o‘tayotgan 48-sonli manzil-koloniya rahbari podpolkovnik Sh. Abdullayev qabulida bo‘ldilar.

Manzil-koloniya rahbari mahkum A. Malikov namunali hamda ichki intizomga qat’iy rioya qiladigan mahqum ekanligini, jazo o‘tash davomida mutlaqo tartiblarni buzmaganini, axloqi va muomalasi, ilmi va tarbiyasi bilan boshqa mahqumlar orasida hurmatga egaligini aytdi.

Shuningdek, manzil-koloniya rahbari mahkum Akrom Malikovning ozodlikka chiqishiga xayrixohligini bildirdi. Uning fikricha, Akrom Malik namunali fuqaro sifatida yurtimiz manfaatiga xizmat qilishiga shubha yo‘q.

Bundan tashqari, Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi ham mahkum Malikov Akrom taqdiriga befarq emas. Ular Akrom kabi salohiyatli insonlar ozodlikda xalqimizga ko‘proq naf keltirada deb ishonishadi.

Suhbat so‘ngida 48-sonli manzil-koloniya rahbari Sh. Abdullayev mahkum Akrom Malikovning advokatlariga himoya masalasida zarur hujjatlar, tavsiyanomalar va shu kabi yo‘nalishda har qanday amaliy yordam berishga tayyor ekanligini, buni Jazoni ijro etish boshqarmasi ham qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Respublikamizda kechayotgan muhim siyosiy jarayonlar asnosida yosh adabiyotshunos Akrom Malik va u kabi nohaq qamalgan boshqa mahkumlarga nisbatan adolatli va qonuniy ajrimlar chiqarilishi hukumatimizning xalqaro maydondagi mavqeiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан