Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti AQShga «har tomondan hujum qilish» bilan keng ko‘lamli urush va’da qildi
2.05.2021 10:10,  
516

«Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti AQShga «har tomondan hujum qilish» bilan keng ko‘lamli urush va’da qildi. Bu haqda guruhning ikki vakili CNN telekanaliga vositachi orqali xabar bergan.

Terrorchi tashkilot vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Amerikaga qarshi kurash «AQSh butun islom dunyosidan chiqarib yuborilgunga qadar» davom etadi. Telekanalning ta’kidlashicha, «Al-Qoida» odatda ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o‘rnatishdan bosh tortgan va tashviqot uchun o‘z resurslaridan foydalanib kelgan. Terrorizm bo‘yicha mutaxassis Pol Kruikshank CNN telekanaliga bergan intervyusida terrorchilik guruhi AQSh prezidenti Jo Baydenning AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish to‘g‘risidagi qaroridan «ilhomlangan» yoki «yaqinda yuz bergan ko‘p sonli talafotlardan e’tiborni chalg‘itmoqchi bo‘lgan» bo‘lishi mumkin degan fikrni ilgari surdi.

«Bundan tashqari, ‘Al-Qoida’ tashkiloti ‘Tolibon’ harakati  Vashingtonga terrorchilik guruhi bilan aloqalarni uzish haqida bergan va’dasida samimiy emasligini aytdi, demak Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish to‘g‘risidagi bitim aldovga asoslangan», — deydi CNN.

«Al-Qoida»ning bunday bayonoti tashkilot asoschisi Usama bin Laden vafotining 10 yilligi arafasida berildi. 2011 yil 2 mayga o‘tar kechasi AQSh dengiz floti askarlari Pokistonning Abbotobod shahridagi bin Ladenning qasriga bostirib kirgan. «Al-Qoida» rahbari bilan birgalikda uning o‘g‘li va uchta sherigi o‘ldirilgan.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken CNN nashriga bergan intervyusida hech kim Afg‘onistonda fuqarolar urushining qayta boshlanishidan manfaatdor emasligi, biroq ushbu ssenariyning ehtimoli mavjudligi haqida gapirgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан