Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aleksandr Lukashenko yashirin inauguratsiyani o‘tkazdi
23.09.2020 15:51,  
364

Aleksandr Lukashenko oldindan e’lon qilinmagan inauguratsiya marosimini o‘tkazdi va rasman prezident lavozimiga kirishdi. Belarus Telegram kanallari ertalab bunday imkoniyat haqida ogohlantirib, marosimning maxfiyligini norozilik namoyishlaridan qo‘rquv bilan izohladi.

Ertalab NEXTA telegram-kanali marosim 23 sentyabr kuni peshin vaqtida yoki 27, 28 sentyabr kunlaridan birida rejalashtirilgani haqida xabar berdi. Belorus rasmiy ommaviy axborot vositalarida hech qanday e’lon yo‘q edi. Qonunga ko‘ra, Lukashenko inauguratsiyasini saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay - ya’ni 9 sentyabrgacha o‘tkazishi kerak.

Yashirin inauguratsiya jarayonidan lavha. Foto: «Pul Pervogo» Telegram kanali

Bugun ertalab Minsk markazida transport harakati to‘sib qo‘yildi va soat 11:00 atrofida avtoulovlar safi Aleksandr Lukashenkoning ishchi qarorgohi - Mustaqillik saroyi tomon yo‘l oldi. Avvalroq, Minskdagi Mustaqillik saroyi yaqinida texnika va harbiylarning to‘planib qolganini payqashgan edi.

11:30 da BelTA davlat agentligi Lukashenko prezidentlik lavozimini egallaganligi va inauguratsiya marosimiga bir necha yuz kishi taklif qilinganligi haqida xabar berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Lukashenko 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda 80,1 foiz ovoz to‘plagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан