Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aleksey Navalniyning rafiqasi Rossiyani tark etdi
11.02.2021 08:19,  
602

Rossiya muxolifati yetakchisiga Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Rossiyani tark etdi, deb xabar berdi «Interfaks».

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, Yuliya Navalnaya Moskvaning Domodedovo aeroportidan Frankfurt-Mayn shahriga uchib ketgan.

Navalniyning o‘zi 18 yanvar kuni rafiqasi bilan Germaniyadan qaytib kelganida hibsga olingan. Germaniyada davolanish va reabilitatsiya ishlari olib borilgandi. 2 fevral kuni sud «Iv Roshe» ishi bo‘yicha unga nisbatan chiqarilgan qarorni umumiy rejimdagi koloniyada 3,5 yillik shartli qamoq jazosiga almashtirdi.

23, 31 yanvar va 2 fevral kunlari Rossiyada Navalniyni qo‘llab-quvvatlovchi mitinglar bo‘lib o‘tdi. Namoyishlar ko‘plab odamlarni hibsga olish bilan yakunlandi.

Yuliya Navalnaya 23 yanvar kuni Moskvaning Strominka ko‘chasi yaqinidagi muxolifat mitingida ham qatnashdi. U o‘sha vaqtda hibsga olingan va 1 fevral kuni sud unga «piyodalar va transport vositalariga xalaqit beradigan ruxsat etilmagan harakatlarda qatnashgani uchun» 20 ming rubl miqdorida jarima solgan.

Ayni paytda davlat Dumasi va Federatsiya kengashi rahbariyatiga xorijiy agentlar va ularning yaqin qarindoshlarining Rossiyadagi barcha darajadagi saylovlarda ishtirok etishiga qo‘yilgan taqiqqa o‘zgartirish kiritish taklif qilindi.

Murojaat «AVANTI» tadbirkorlar uyushmasi prezidenti Rahman Yansukov tomonidan yuborilgan. Uning fikriga ko‘ra, shu tariqa Yuliya Navalnayaning 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan davlat Dumasi saylovlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin bo‘ladi.

Davlat Dumasidagi «Yedinaya Rossiya» fraksiyasi rahbari Sergey Neverov xorijiy agentlarning Rossiyada saylovlarda ishtirok etishiga qo‘yilgan taqiqni qo‘llab-quvvatladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova 9 fevral kuni Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (Rossiyada notijorat xorijiy agent deb tan olingan) vakillari NATO ta’sirida ekanligini va Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirish bo‘yicha alyansdan ko‘rsatmalar olishlarini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан