Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alibaba asoschisi Jek Ma iste’foga chiqdi
10.09.2019 15:28,  
24

Alibaba asoschisi Jek Ma boshqaruv kengashi raisi lavozimidan iste’foga chiqdi. Bu haqida Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ma 55 yoshida nafaqaga chiqishga qaror qilgan. Hozirda uning boyligi 41.8 mlrd $ni tashkil etadi.

Alibaba Group direktorlar kengashida uning o‘rnini kompaniya bosh direktori Deniyel Chjan egallaydi.

Jek Ma Xitoyning surati Forbes jurnali muqovasida chop etilgan birinchi kishisi hisoblanadi. U Xitoyning eng boy odami va shu bilan bir qatorda sayyoramizning ham eng boylaridan biridir. 

Alibaba Group Aliexpress onlayn-do‘koni, Alibaba Picture kinokompaniyasi va bulutli xizmatlar taklif qiluvchi Alibaba Cloud Computing kompaniyalari tuzilmalarini boshqaradi.

Alibabaning bozor bahosi 460 mlrd $ni tashkil etib, u Amazon hamda eBaydan ham qimmatroq.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан