Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alibaba qanchalik ishonchli? Kompaniya kuniga 300 mln. marta kiberhujumlarga duch kelmoqda
17.10.2019 19:44,  
336

Xitoy texnogiganti Alibabaga kuniga 300 million marotaba xakerlik hujumlari uyushtirilmoqda. Bu haqda kompaniya asoschisi Jek Maga tayanib, CNBC xabar bermoqda.

Maning so‘zlariga ko‘ra, 1 mlrd. foydalanuvchisi bo‘lgan hamda kuniga 50 mlrd $ tranzaksiyalarni amalga oshiradigan AliPayga shuncha kiberhujumlar bo‘lishiga qaramay, u xakerlarga «bir sent» ham berib qo‘ymaganidan faxrlanadi.

«Alibaba Groupga kuniga 300 million marta kiberhujumlar bo‘ladi. Har kuni. Ammo shunga qaramay, bizda umuman muammo yo‘q», - deydi Cingapurdagi Forbes CEO konferensiyasida ishtirok etgan Ma.

Shunga qaramay, Alibaba bu borada «yetakchi» emas. Yana bir Xitoy texnogiganti Huawei xavfsizlik direktori so‘zlariga ko‘ra, ularning kompaniyasi kuniga 1 millionga yaqin kiberhujumlarga duch kelmoqda. Boshqa kompaniyalar hozircha bu mavzuga doir rasmiy ma’lumot bermaganlar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан