Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aliyev Qorabog‘ning nazorat qilinadigan qismida vaqtinchalik ma’muriyat tuzdi
30.10.2020 12:02,  
275

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon armiyasi nazorati ostiga olingan Qorabog‘dagi hududlarda vaqtincha maxsus ma’muriyatni tashkil etish to‘g‘risida farmonni imzoladi.

Tog‘li Qorabog‘ mojarosi zonasida janglar boshlanganidan buyon 27 sentyabr kuni Ozarbayjon Qurolli Kuchlari 186 aholi punktini, shu jumladan to‘rtta shaharni: Jabroil, Fuzuli, Zangilan va Qubadlini o‘z nazorati ostiga oldi.

Farmonga binoan, nazorat qilinadigan hududlarda:

  • har bir mintaqani Ozarbayjonning ma’muriy-hududiy taqsimotiga muvofiq boshqaradigan vaqtinchalik komendantlar tuzildi;
  • Ozarbayjon IIVga komendantlarni tayinlash va komendantlik idoralari faoliyatini tashkil etish topshirildi;
  • vaqtinchalik komendantlik huzurida tezkor shtab tuziladi, uning tarkibiga DXX, FVV, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi va Moliya vazirligi vakillari kiradi.

Qayd etilishicha, vaqtincha komendantlik idoralari o‘z faoliyatini Ozarbayjon Mudofaa vazirligi va Davlat chegara xizmati bilan muvofiqlashtiradi.

Farmonga binoan vaqtincha komendantlarning vazifalariga muhim ob’yektlarni, shu jumladan transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini, energetika va suv ta’minoti tizimlarini, suv omborlarini, odamlar va atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan manbalarni himoya qilishni o‘z ichiga oladi; jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini himoya qilish. Shu bilan birga, vaqtincha komendantlik idoralari hududni minalardan tozalaydi; terrorizm, josuslik, sabotaj va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish, shuningdek energetika ob’yektlarining holatini oldindan baholash bilan shug‘ullanadi.

Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga farmonga binoan ozod qilingan hududlarga kirish va chiqishning maxsus rejimini ta’minlash topshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан