Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Navoiy haqida film suratga olinmoqda
29.01.2021 08:14,  
114

"O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK hamda “SPECTRE” studiyasi tomonidan «Alisher Navoiy» tarixiy-hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Shahzod Muhammadiyev, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev.

«Alisher Navoiy» tarixiy hujjatli filmi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan mutafakkir shaxsi va asarlariga yangicha yondashuv asosida ishlanmoqda. Mazkur film «Xalq yuragi» nomi ostida suratga olinayotgan 24 qismli turkum filmlardan biri. Filmda tarixiy badiiy rekonstruksiya, kompyuter grafikasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari, navoiyshunos olimlar bilan intervyulardan foydalaniladi. Suratga olish ishlari Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

2020 yil yosh rejissyor Shohrux Rasulovning Adiblar xiyoboni haqidagi «Xalq yuragi» hujjatli filmining yurtimiz telekanallaridagi namoyishi bo‘lib o‘tgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан