Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Qodirov 1-sinfdan diniy ta’lim berilsa, O‘zbekistonda katta homiylarga ega bo‘lgan missionerlar oqimi 3-5 yil ichida minglab "zombi" yoshlar qatlamini shakllantirishini aytmoqda
8.05.2021 09:47,  
693

Xabaringiz bor, yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qabul qilindi. 

Ushbu qonun loyihasi, xususan, unda o‘rin olgan diniy ta’lim masalasi ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, quyi palata Spikeri o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov shu haqidagi munosabatlarga o‘z munosabatini bildirdi.

"Birinchidan, qonun loyihasi birinchi o‘qishda kirgan vaqtidayoq diniy ta’lim masalasini ko‘targan fraksiya «Milliy tiklanish» edi. Tashabbusga ko‘r-ko‘rona yopishib olmasdan deyarli ikki oy davomida ushbu masala batafsil o‘rganildi, soha mutaxassislari bilan maslahatlashildi.

Soxta obro‘ ilinjidagi hamkasbimiz masalani boshlang‘ich nuqtasida turibdi — mavzuni o‘rganmagan, doimgidek gapirish uchun gapirdi.

Ikkinchidan, qonun qabul qilingan majlisda ishtirok etmagan deputat xulosa bilan emas, qulog‘i bilan gapiradi, juda ham tabiiy holat.

Uchinchidan, bu norma qonunning qaysi moddasida tortishildi? - degan savolga masalani ko‘tarayotgan hamkasbimiz javob berishiga ishonchim komil emas, yakuniy o‘zgarishlarni bilmaydi chunki.

Partiyaga nisbatan haqoratomuz ohang esa «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun muhokamasida kaltabinlik bilan yo‘qotilgan ishonch uchun alamzadalikdan bo‘lsa kerak.

Endi qonundagi biz qarshi bo‘lgan jihat bo‘yicha...

Avvalambor, har qanday ta’lim jarayoni guruh ishtirokida, tizimlilik va muntazamlikni taqozo qiladi. Qonunga ko‘ra, diniy ta’lim olmoqchi bo‘lganlarga bunday imkoniyat maktabni tugatgandan keyin professional diniy ta’lim muassasalarida beriladi.

Muhokamaga sabab bo‘layotgan qism bu 1-sinfdan boshlab diniy ta’lim olish yoki darslardan keyin litsenziyaga ega, oliy diniy bilimi bo‘lgan shaxs tomonidan diniy ta’limni tashkil qilish uchun ruxsat berish masalasi.

Bu qonunga: “...vakolatli idora tomonidan ijozat berilgan, professional diniy bilimga ega mutaxassis diniy ta’lim berishi mumkin» degan norma kiritilgan taqdirda ham boshlang‘ich diniy ta’lim tizimining o‘zi yo‘qligi uchun dinni o‘rganish odatdagidek ustoz-shogird tizimida davom etib ketaveradi.

Bugun yoshlar dinni ota-onalaridan, masjidlarda, amri-ma’ruflarda, kundalik hayotda ulamolar bilan suhbatda, ijtimoiy tarmoqlarda va bemalol sotuvda bo‘lgan diniy adabiyotlar vositasida o‘rganishmoqda va bu qonunga zid emas.

Agar qonunda “...vakolatli idora tomonidan ijozat berilgan, professional diniy bilimga ega mutaxassis diniy ta’lim berishi mumkin» degan norma kiritilsa, o‘rgatish Islomdagidek murakkab bo‘lmagan, e’tiqoddan ko‘ra siyosiy-strategik maqsadlarga xizmat qiladigan minglab missionerlarga millionlab hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yoshlarimizning ongiga yashil yo‘lak qilib bergan bo‘lamiz. Tasavvur qilib ko‘ring, bitta ulamo diniy maktab ochib 100 ta qorako‘zga Ummul Qur’onni yodlatgunicha, 100 ta missioner 100 ta maktab ochib minglab bolalarimizning yetilmagan tafakkurini ostin-ustun qilib yuboradi.

Muqaddas Islom sobitlik bilan kundalik yashaladi va sabr bilan o‘rganiladi. Musulmon tug‘ilgandan o‘limigacha eshitadi, o‘qiydi va tafakkur qiladi. Bu jarayonni qonun taqiqlay olmaydi.

Takror aytaman, bu norma qabul qilinsa, qonunni barcha talablarini bajargan holda, katta homiylarga ega bo‘lgan missionerlar oqimi 3-5 yil ichida minglab, agar millionlab bo‘lmasa, dinidan, qadriyatidan uzilgan zombi yoshlar qatlamini oldimizga to‘kib tashlaydi.

Tushunganlar uchun, biz diniy ta’limni qo‘llab-quvvatladik, jamiyatimizga yot g‘oyalarni singdirmoqchi bo‘layotganlarga qarshi chiqdik..." deb yozadi deputat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан