Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Qodirov O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlashni taklif qildi
14.11.2021 11:01,  
61

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi 12 noyabr kuni Qonunchilik palatasida o‘tkazgan fraksiya yig‘ilishida «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda partiya axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi deputatlarning qizg‘in muhokamalariga sabab bo‘lgan. Fraksiya a’zolarining barchasi qonun loyihasida elektron sigaretalarni taqiqlash bo‘yicha qat’iy cheklov kiritishni taklif qilgan.

«Dunyoning 32 mamlakatida elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerak. Mutaxassislar uning genofondga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini aytmoqda. Partiyamiz ham ushbu masalani muntazam ko‘tarib keladi. Kim nima desa desin, ushbu qonun loyihasiga elektron sigaretalarni qat’iy taqiqlash bo‘yicha cheklov kiritilmas ekan, biz ushbu qonunning qabul qilinishiga qarshi ovoz beraveramiz», — degan fraksiya rahbari Alisher Qodirov.

Ta’kidlanishicha, taklif bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan va qonun loyihasi qo‘mitaga qaytarilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, hozirda Toshkentdagi 1000 dan ortiq do‘konda bir marta ishlatiladigan nikotinni yetkazib beradigan elektron tizimlar sotilyapti. Bu esa tamaki mahsuloti bozorining 40 foizini hamda qiymat ifodasida tamaki mahsuloti bozori ulushining 4 foizini tashkil qiladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан