Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Qodirov Ta’lim va tarbiya vazirligi tashkil etish taklifini bildirdi
12.01.2022 20:54,  
84

O‘zbekistonda yuqori faollik bilan taraqqiyot strategiyasi muhokama qilinmoqda. Bu faollik - jamiyatimizning davlat taqdiriga mas’uliyati, xalqimizning siyosiy va huquqiy tafakkuri oshib borayotganiga yaqqol dalildir. «Milliy tiklanish» DP fraksiya majlisida ilgari surilgan va joriy yilning 11 yanvar kuni rejalashtirilayotgan partiya faollarining kengaytirilgan muhokamasida ilgari suriladigan tashabbuslardan birini alohida yozishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman.

Tarbiya - poydevor! Tarbiya ko‘rmagan olim - zararli, askar - sotqin, mansabdor - korrupsioner bo‘lishi, tarbiyali cho‘pon olimdek foydali, harbiy - vatanparvar, mansabdor esa xalqparvar bo‘lishini insoniyat tarixi takror-takror isbot qilmoqda.

Yana bir haqiqat shuki, o‘z qadrini anglamagan insonni qadrlash nafaqat shu insonning o‘zi, balki jamiyat uchun foydadan ko‘ra zararliroqdir.

O‘zini anglash va qadrlash esa bolalikdan, tizimli ravishda ongostiga joylashtirilishi zarur bo‘lgan muhim ko‘nikmadir.

Inson barcha yaxshiliklar va yomonliklarning muallifi ekan, yaxshi insonning ko‘p bo‘lishi jamiyatda adolatni va mamlakatda taraqqiyotni kafolatlaydi.

Shu sababli, mamlakatni o‘rta va uzoq istiqboldagi ravnaqi uchun pedagogika sohasini isloh qilishga ustuvorlik berilishi kerak. Bunda:

1) Oiladagi muhit ilmiy tahlil qilinishi va kamchiliklar bartaraf etilishi zarur. Birlamchi taklif sifatida, 18 yoshgacha farzandi bor ayollarga alohida ko‘mak ko‘zda tutilishi muhim. Bu ko‘mak moddiy qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, ota-onalarni farzand tarbiya qilish bo‘yicha malakasini oshirishga qaratilgan manzilli va masofaviy o‘quv-maslahat tizimlarini yaratish, mehnat huquqlarida alohida imtiyozlar berish hisobiga amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, ota-onalarning farzand tarbiyasi uchun mas’uliyati va javobgarligi kuchaytiriladi va qonunda aniq belgilab qo‘yiladi.

2) Bolalar bog‘chalarida tarbiya metodikasi belgilanishi kerak. Bu metodika Parlamentda himoya qilinsin. Metodika milliy va umuminsoniy qadriyatlarni bolaning ongostiga joylashtirishni ta’minlashi kerak.

3) Maktablarda o‘quvchi bilimi va pedagog faoliyati yangi tizimi - video kuzatuv asosida baholanishi zarur.

7-sinfdan boshlab pedagogik kengashning xulosalari va yakuniy jamlangan baholarga muvofiq o‘quvchilar uchta toifada: akademik, tadbirkorlik, hunarmandlik ko‘nikmalarini raqobatbardosh darajaga olib chiqish uchun, maxsus dasturlar asosida tayyorlanishi lozim.

Maktabni tugatgan yoshlarga tadbirkor yoki hunarmandlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bir martalik subsidiya kafolatlanishi kerak.

4) Tarbiya va ta’lim sifatini nazorat qilish Inspeksiyasi Parlament huzurida va Parlamentga bevosita hisobdor bo‘lishi kerak.

5) Pedagogika institutlariga tanlov maxsus tizim asosida, faqat pedagogik qobiliyati bo‘lganlarnigina saralab olishga qaratilishi lozim. Harbiy sohada bo‘lganidek, bu sohada ham xato tanlov milliy xavfsizlikka tahdid sifatida ko‘rilishi kerak.

Pedagoglarni tayyorlashda davlat asosiy buyurtmachi bo‘lishi, buyurtmachi sifatida kelishilgan talim muassasasida, o‘z sohasida 5 yil ishlash majburiyatini yuklashi va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash vazifasini zimmasiga olishi zarur.

Pedagogik faoliyat uchun har 3 yilda malaka sinovidan o‘tishi majburiy qilib belgilanishi kerak.

6) Tarbiya va ta’lim vazirligi tashkil etilib, vazirning uchta: oila va xotin-qizlar masalalariga mas’ul, bog‘chada tarbiya va boshlang‘ich ta’limni tashkil etishga mas’ul, maktabda ta’lim va tarbiyani tashkil qilishga mas’ul o‘rinbosarlari bo‘lishi taklif qilinadi.

Bu vazirlik har bir bolani oiladan boshlab maktabdan chiqib ketgunicha (tug‘ilganidan 18 yoshgacha) bo‘lgan davrda tarbiyasi va ta’lim sifati uchun mas’ul bo‘ladi. Vazirlikka ota-onalar bilan yaqindan ishlash, ularni malakasini oshirish bilan birga, mas’uliyatsizlik uchun javobgarlikka tortishni tashabbus qilish vakolatlari ham berilishi kerak.

Insonning ertaga qanday bo‘lishi, uning bugun ko‘rgan tarbiyasiga bog‘liq.

INSON O‘ZGARSA - JAMIYaT O‘ZGARADI.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан