Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Sa’dullayev yangi lavozimga tayinlandi
10.07.2020 15:43,  
818

Prezident qarori bilan Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan, Alisher Sa’dullayev prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi

Yoshlar ishlari agentligi joriy yilning 30 iyun kuni prezidentning "O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni bilan tashkil etilgan.

Agentlik, jumladan, yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. 

Shuningdek, Agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Alisher Sa’dullayev, shuningdek, Oliy Majlis Senati a’zosi, senator ham hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан