Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Usmonov ishini oxirigacha yetkazmabdi
27.05.2021 23:20,  
5900

Yaqinda dunyoga mashhur san’atkor, dirijyor va skripkachi Vladimir Spivakov Samarqanddagi tarixiy Registon maydonida konsert berdi. Tafsilotlar haqida Facebook’da Karimberdi To‘ramurod domla katta xabar e’lon qildi. Tekin konsert milliarder yurtdoshimiz Alisher Usmonov homiyligi tufayli tashkil qilingan.

Birinchidan, Vladimir Spivakov va orkestri chiqishlari rivojlangan mamlakatlar san’at ustalari tomonidan doim gulduros qarsaklar bilan olqishlanadi. Chiptalar narxi bir necha ming dollarni tashkil qilishi haqiqiy musiqa shaydolarini aslo qo‘rqitmaydi. 

Ikkinchidan, Vladimirning o‘zini tutishi va tabassumi beixtiyor farishtani eslatadi, kishiga. Juda dono va aqlli shaxs. Bunga televizorda bir necha marta dolzarb masalalar yuzasidan bildirgan fikrlarini eshitganimda ishonch hosil qilganman. Bundan tashqari, besh-oltita til biladi, xayriya ishlariga katta pul sarflaydi. 

Uchinchidan, musiqachi bo‘lishiga qaramay, sport bilan ham shug‘ullangan, boks bo‘yicha ikkinchi razryadi bor. Holbuki, skripkachi umuman mushtlashishi mumkin emas. Men g‘ijjakchi bo‘lganim uchun buni juda yaxshi bilaman.

Men Vladimir Spivakovni 1983 yili Toshkentga kelganida ko‘rganman. U paytlar konservatoriyada o‘qirdim. Katta konsert zalida ertalab 8:30dan 12:20gacha orkestr darsimiz bo‘lardi. Bir kuni darsimiz bekor qilindi. Samarqandlik dirijyor o‘qituvchimiz Dilbar Abdurahmonova sahnada bizning o‘rnimizga Spivakov va orkestri mashq qilishini aytdi. Bizga zalda o‘tirib, repetitsiyani tinglashga ruxsat berilgan, shuning o‘zidan-oq olam-olam zavq olgandik.

Alisher Usmonov yaxshi ishini oxirigacha yetkazmabdi. Nega deysizmi? Spivakov va konsert bahona, O‘zbekistonni chet elliklarga juda yaxshi reklama qilish imkoniga e’tibor berilmabdi. Chet elliklar o‘rta asrlarda qurilgan tarixiy obidalarni ko‘rishga juda ishtiyoqi baland bo‘ladi. 

Agar Registon maydonidagi konsert televideniye uchun yozib olinishi ham tashkil qilinganida edi, bu konsertni ko‘plab g‘arb davlatlariga sotish, turli davlatlarda yuz millionlab tomoshabini bo‘lgan Netflix, Amazon  kabi internet kanallarida ko‘rsatish imkoni mavjud bo‘lardi. Bu yo‘l bilan o‘z-o‘zidan O‘zbekistonning reklamasi ta’minlangan, mamlakatimizga keladigan turist soni va ish o‘rinlari ko‘payishiga olib kelardi. To‘g‘ri, konsertni televideniye uchun yozib olish uchun ham pul to‘lanadi. 

Eh, milliarder aka! Yoningizda ishlaydiganlar shu haqda o‘ylab ko‘rishmabdi-da! Agar konsertni O‘zbekiston televideniyasi yozib olib, chet ellarga sotish huquqini ham olib berganingizda edi, "karnaychidan puf" deganlaridek, xayriyangiz bundan-da samaraliroq bo‘lar, ona-yurtingiz aholisiga iqtisodiy jihatdan foyda ham keltirardi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан