Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Usmonov nomzodi yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga ilgari surildi
20.10.2021 16:08,  
36

Joriy yil Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) hisobot-saylov Kongressi tashkil etiladi. Unda tashkilot rahbariyatiga saylov o‘tkaziladi.

Rossiya qilichbozlik federatsiyasi mazkur saylovga mamlakat nomidan FIEning amaldagi rahbari, rossiyalik metsenat Alisher Usmonovning nomzodini ilgari surdi. Shu tariqa, 27 noyabr kuni Shveysariyada o‘tkaziladigan FIEning Kongressida Usmonov nomzodi ko‘rib chiqiladi.

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonovni hamyurtlarimiz ham yaxshi bilishadi. Zero, u mamlakatimizda ham ijtimoiy soha va sportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir necha yirik loyihalarni amalga oshirgan.

Ta’kidlash joiz, sentyabr oyida mamlakatimizda o‘tgan Osiyo, Pan Amerika va Afrika qilichbozlik konfederatsiyalarining kongressida har uch mintaqa Alisher Usmonovga bo‘lajak saylovda uni qo‘llab-quvvatlashini bildiruvchi xat yo‘llagan edi.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov 2008 yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelmoqda. U FIEga 2012 va 2016 yillarda qayta saylangan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан