Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Usmonov O‘zbekistonga yana 5 million dollar xayriya qildi
23.04.2020 18:28,  
675

Bugun xalqaro press-klubda "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati, pandemiya va inqiroz davrida O‘zbekistonda iqtisodiy vaziyat mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov va Toshkent bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov ishtirok etdi.

"Xayriya ishlarida faol qatnashayotgan yurtdoshlarimizni ham alohida ibrat qilib ko‘rsatish o‘rinli bo‘lardi. Masalan, Alisher Usmonov 20 million dollar moddiy yordam ko‘rsatdi. Yana 5 million dollar pul hadya qildi. Bugun ushbu summa kelib tushadi. Bu mablag‘lar Zangiotada qurilayotgan shifoxona qurilishiga sarflanadi.

Bundan tashqari, UzTex 1 mln dollar, Navoiydagi «Baxt tekstil» tashkiloti 500 ming dollar, Tashkent Trade Centre esa 200 ming dollar xayriya qildi", dedi Qo‘chqorov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha «Mehr-shafkat va salomatlik» fondiga 600 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ kelib tushgan.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан