Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Usmonov Sardoba uchun 10 mln dollar berdi va Prezidentga maktub yo‘lladi
8.05.2020 01:46,  
2305

Asli o‘zbekistonlik millirader Alisher Usmonov Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan fojia oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistonga 10 million AQSh dollari o‘tkazdi. U shuningdek, avariyadan zarar ko‘rgan Qozog‘iston aholisiga ham 5 million 202 ming AQSh dollarini o‘tkazdi.

Alisher Usmonov shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi:

"Bolaligim va yoshlik yillarim o‘tgan ona yurtimdagi aka-ukalarim va opa-singillarim bilan hozirgi epidemiologik qiyinchiliklarga sherik bo‘lar ekanman, Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan fojia haqidagi xabarni, shuningdek, uni odamlarimiz munosib va mardona qabul qilganligini qalbimda og‘riq bilan his qildim.

Muqaddas Ramazon oyida Ollohning o‘zi meni Vatanimga chorladi, zero bu kunlarda biz yordamga muhtoj odamlarga alohida g‘amxo‘rlik qilishimiz va ko‘mak berishimiz kerak. Biz quvonchli damlarda ham, boshga g‘am-tashvish tushganda ham, bir-birmizni yelkama-yelka turib qo‘llab-quvvatlaymiz.

Men xalqimizning taqdiriga befarq qarab tura olmayman va shu sababli suv toshqinidan jabrlanganlar turmushini tiklash va yaxshilash, talafot oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishga yordam ko‘rsatish uchun 10 million dollar beryapman.

Men xalqimizning duolariga qo‘shilib, ularning boshiga tushgan kutilmagan sinovlardan tezroq xalos qilishini Ollohdan so‘rab qolaman".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан