Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Usmonov va boshqa oligarxlar jahon bozoridagi qaltis vaziyat tufayli qancha zarar ko‘rdi?
11.03.2020 09:33,  
763

9 martda jahon bozorlardagi qaltis vaziyatda rossiyalik milliarderlar $8,8 mlrd yo‘qotdi. Bu haqda Forbes gazetasi yozmoqda. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu zarar 97 nafar Rossiya fuqarolariga tegishli.

LUKOILning egalari eng katta yo‘qotishlarga duch keldi. 10 mart kuni Moskva birjasidagi kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymati 10% dan ko‘proqqa arzonladi. Vagit Alekperov $2,1 mlrd, Leonid Fedun $904 mln mablag‘ yo‘qotdi.

Bloomberg Billionaires Index hisoblagichiga ko‘ra, 9 mart oxiriga kelib, Rossiyaning 24 eng boy ishbilarmonlarining umumiy boyligi 13,91 milliard dollarga kamaydi: Alekperov (minus 3,54 milliard dollar), Potanin (minus 1,55 milliard dollar) va Fedun (minus $ 1, 52 milliard). Bloomberg birinchi o‘ntalikdagi qolgan milliarderlarning yo‘qotishlarini quyidagicha baholadi:

  • Vladimir Lisin - 893 million dollar;
  • Leonid Mikelson - 201 million dollar;
  • Aleksey Mordashov - 895 million dollar;
  • Alisher Usmonov - 563 million dollar;
  • Roman Abramovich - 435 million dollar;
  • Viktor Vekselberg - 403 million dollar;
  • Mixail Fridman - 874 million dollar

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан