Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
27.11.2021 22:05,  
44

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 27 noyabr kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining Kongressi bo‘lib o‘tdi.

Kongress kun tartibidagi asosiy masala tashkilotga yangi Olimpiada sikli uchun rahbar saylash edi. Unda amaldagi prezident Alisher Usmonov g‘alaba qozonib, tashkilotdagi boshqaruvini davom ettiradigan bo‘ldi.

Mazkur tadbirga rasmiy mehmon sifatida tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Alisher Usmonovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Eslatib o‘tamiz, A.Usmonov 2008 yildan beri Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini boshqarib kelmoqda.

Qayd etilishicha, saylov yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar ham tashkilotning bir qator bo‘limlari tarkibiy qismiga kirishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан