Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Almatida tojikistonlik uch nafar talaba internet-firibgarligida ayblandi
11.12.2021 17:17,  
50

Tojikistonlik uch nafar talaba internet- firibgarlik bilan shug‘ullangani fosh etildi, deb xabar bermoqda Polisia.kz — deya yozmoqda 'Human.uz' nashri.

Jinoiy politsiya tomonidan aniqlangan yoshlar Instagram ijtimoiy tarmog‘ida mavjud bo‘lmagan qimmat mobil telefonlarni sotish bilan shug‘ullangan.

«Mijozlarni mobil qurilmaning narxi o‘ziga tortdi. Bu bozor qiymatidan ancha past. Ular sotuvchilarning niyatiga shubha qilishlari kerak edi, ammo buning aksi bo‘ldi, arzon narxda telefon sotib olmoqchi bo‘lganlar ko‘p edi. Bu savdoni universitetlardan birining uch nafar uchinchi kurs talabalari amalga oshirgan. Ular MXQ departamenti xodimlari ko‘magida Almati viloyati, Qarasay tumani, Qaskelen shahrida qo‘lga olindi. Kiberjinoyatchilar mavjud bo‘lmagan tovarlar uchun to‘lovni pul o‘tkazmalari orqali olishgan», - dedi Almati shahar PD kriminal politsiya boshqarmasi boshlig‘i Quatbek Nauatov.

/media/in_content_images/211211090910433e.jpg_image

Uning so‘zlariga ko‘ra, pulni olgach, gumonlanuvchilar foydalanuvchilarni bloklab, akkauntlari nomini o‘zgartirgan. Bugungi kundagi zarar miqdori ikki million tengedan oshadi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан