Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Almazbek Atambayev davlat to‘ntarilishiga tayyorgarlik ko‘rgani aytilmoqda
14.08.2019 11:56,  
12

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev quroldan foydalanish, ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish, tergovga to‘sqinlik qilish, asirga olish, qotillik va qotillikka urinish kabi jinoyatlarda gumon qilinmoqda.

Almazbek Atambayevni qo‘lga olish operatsiyasi vaqtida qarshilik ko‘rsatgan uning tarafdorlariga nisbatan ham bir nechta sudga qadar tergov harakatlari boshlandi, deb xabar beradi «Kabar» agentligi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Orozbek Opumbayev sobiq prezident davlat to‘ntarilishiga tayyorgarlik ko‘rganini ma’lum qildi. Atambayev o‘z uyida 500 kishi, asosan bolalar, ayollar va keksalarni to‘plashni maqsad qilgan.

Sobiq prezidentning uyidan nishonchi miltig‘i, to‘pponchalar, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar topilgan.

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atambayev 8 avgust kuni o‘tkazilgan maxsus operatsiya jarayonida o‘z qarorgohida qo‘lga olingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан