Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Almazbek Atambayev hibsxonada qanday sharoitda saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
14.08.2019 21:26,  
27

Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha markaz rahbari Nurdin Sulaymonov Almazbek Atambayevning vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlarini o‘rgandi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Almazbek Atambayev ikki o‘rinli kamerada saqlanmoqda. Siyosatchi izolyator xodimlari harakatlariga hech qanday e’tiroz bildirmadi. Tibbiy ko‘rik (bir kunda uch marta qon bosimi o‘lchanmoqda) va kerakli dorilar mavjud. Advokatlik yordam ko‘rsatilmoqda.

Atambayev ikkita masala hal qilinishi uchun yordam so‘radi: kechasi chiroqni o‘chirish va eshikni yopishga ruxsat olish.

Bundan tashqari, Atambayevga nisbatan yana ikki ayblov ilgari surildi. Bular Bishkek TEM va “Mediaforum” binosini modernizatsiyasi bilan bog‘liq ishlar.

Qiynoqlarni oldini olish markazi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbariyatiga siyosatchining iltimoslarini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан