Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Almazbek Atambayev huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi
8.08.2019 19:01,  
21

Kuch ishlatar bo‘limalari tomondan o‘tkazilgan ikkinchi amaliyot davomida Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik.

Atambayev konvoy kuzatuvi ostida Bishkek tomon olib borilmoqda.

Bugun kuchishlatar bo‘linmalari tomonidan sobiq prezidentni qo‘lga olish bo‘yicha ikkinchi amaliyotni o‘tkazmoqda.

“Huquq-tartibot organ xodimlari ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va shovqinli granatalarni qo‘llamoqda. Atambayev darvozasini himoya qilgan odamlar qochib ketdi. Yuk mashina yordamida darvoza buzildi. Atambayevning uyidan o‘q otilmoqda”, - deb ta’kidladi huquqtartibot organlaridagi manba.

Kuni kecha, 7 avgust kuni Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Davlat milliy xavfsizlik xizmati kuchishlatar bo‘linmasi Atambayevni qo‘lga olish amaliyotini o‘tkazishga harakat qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 52 kishi jarohat oldi, bir nafar kuchishlatar bo‘linma harbiysi halok bo‘ldi.

Bugun, 8 avgust, taxminan soat 16:30 Qo‘y-Tosh qishlog‘ida militsiya va muholifatchilar o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан