Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Almazbek Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan generalga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
14.08.2019 12:14,  
33

Almazbek Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan Qirg‘iziston ichki ishlar vazir o‘rinbosari Kursan Asanovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Asanov mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. U ichki ishlar vazirining talabini bajarmagan va shaxsiy tarkibni boshqaruvsiz qoldirgan.

Harbiy prokuratura tergovni olib bormoqda. Hozirgi vaqtda Asanov so‘roq qilinmoqda.

Kuni kecha, Kursan Asanov ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Asanov Qirg‘iziston militsiyasi manfaatlariga xiyonat qilganlikda va ishonchni suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан