Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pentagon rahbari koronavirus tufayli O‘zbekistonga safarini qoldirdi
11.03.2020 15:07,  
235

AQSh mudofaa vaziri Mark Esper koronavirus tufayli O‘zbekiston, Pokiston va Hindistonga safarini keyinroqqa qoldirishga qaror qildi. Bu haqda Pentagon vakili Alissa Fara ma’lum qildi.

"Yehtiyot choralar sifatida Mudofaa vaziri Esper Hindiston, O‘zbekiston va Pokistonga safarini keyinga qoldirishga, AQShda qolishga va Mudofaa vazirligining koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishga qaror qildi", - dedi Fara o‘z tvitterida.

 

Eslatib o‘tamiz koronavirus xavfi tufayli O‘zbekistonda qator xalqaro forumlar va yirik anjumanlar bekor qilinmoqda — “ Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi, Toshkent xalqaro investitsiya forumi.

Bundan tashqari O‘zbekistonda barcha sport musobaqalari va xalqaro tadbirlar ham to‘xtatildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston rasmiylari hali ham koronavirus tufayli Navro‘z bayramini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishmagan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidenti 8 mart bayram tadbirlarini bekor qildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан