Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh Vazir o‘rinbosari va boshqa rahbarlar yana velosipedda piyoda va veloyo‘laklarni ko‘zdan kechirdi
28.10.2020 18:31,  
143

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Oybek Qosimov, Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov, shahar Turizm departamenti direktori Sanjar Tadjiyev bilan birgalikda poytaxtning Yunusobod tumanidagi piyoda va veloyo‘laklarni ko‘zdan kechirdi.

“Darhaqiqat, bugunga kelib poytaxtimizda mahalliy aholining piyoda yo velosipedda harakatlanishi uchun qator loyihalar amalga oshirilgan, endi bularning targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishimiz va odamlarimizni ommaviy sportga jalb etishimiz kerak. Yunusobod tumanidagi velo- va piyoda yo‘laklarini to‘liq o‘rganish doirasida yo‘laklarda qanday  kamchiliklar borligini aniqlab, mavjud noqulayliklarni bartaraf etishga doir tegishli chora-tadbirlarni tasdiqlab olamiz. Asosiysi, bu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda amalga oshirishda davom etish”, - dedi Aziz Abduhakimov.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, veloyo‘laklarni ko‘zdan kechirib chiqqan ishchi guruh vakillari har bir ko‘chaning qulay joylarida ko‘proq velosiped ijara shoxobchalarini tashkil qilishga kelishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан