Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amaldorlarning tashrifi munosabati bilan yosh qizlarning non va tuz ikrom etishi to‘g‘rimi?
20.01.2020 18:14,  
1941

Tarixda kuchli (bosqinchi) davlatlardan vakillar kelishganda shunday qilishgan. Hali gapni boshlamasdan turib, non va tuz berishgan. "Dargohingdan tuz totdim, qanday senga zulm qilay?" deb bosqinchilik harakati keyinga qoldirilgan.

Endi, aynan qizlarga kelsak, qabila sardorlari o‘z qizlarini chiqarishgan. Birovning qizinimas, o‘zining qizini. Chunki u xalqiga javobgar, kerak bo‘lsa, qizini fido qilishga tayyor turishi kerak. "Biz urushmaymiz, pul desang, pul beramiz, agar niyating maishat bo‘lsa, qiz(lar)imni olishing mumkin. Qavmimga tegmasang bas".

Har ikki holatda ham maqsad bitta - urushning oldini olish bo‘lganligi aytiladi.

O‘sha paytdagi an’analar hozirgacha saqlanib qolgan ekan. Negadir shu odatniyam unutvormagan ekanmizda. Sizlar joylarda qizlarimiz yupun kiyim bilan chiqqaniga e’tiroz bildirasizlar. Kimo‘zarga tanqid qilasizlar. Qalin kiyimda chiqsa, bo‘laverarmidi? Qalin kiyim kiyib chiqsa, indamasmidilaring? Yoki shunchaki chellendjdan quruq qolmay deb munosabat bildiryapsizlarmi?

Asosi Islom bo‘lmish milliyligimiz qiz bolani kuchli amaldorning qarshisiga chiqarishga ruxsat berganmi? Aslida, bu bizning urf-odat emasligi haqida sizlarga gapirish xayf. Chunki sizlar o‘zligimizga qaytishni emas, adolatsizlik bo‘layotganini ko‘rishni hush ko‘rasizlar. Chunki bunda boshqa maqsad bor-da!

Bu nafaqat hokimlarning tashrifida, balki xorijdan mehmon kelganda ham, oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘idayam kuzatiladi. Samolyotdan tushishiga shunday qilinadiganlari bor. Unaqa paytda 18-20 yashar qizlarimizni saralab, alohida kastingdan o‘tkazib, keyin chiqarishlari g‘alati. Maqsad nima? Qornini ichkariga kirgandayam to‘yg‘azvolovradi.

Hokimiyatda tadbir bo‘lib qolsayam maktab, kollej va litseylardan chiroyli qizlarni olib ketishardi. Jahlim chiqib yurovrardim. Nega shu ishni qilishyapti deb. Xazm qilish qiyin bo‘lardi. "Tinchlikmi" desam, "mehmon kelibdi, kutvolishga chiqisharmish". Ey, nomard uyingga mehmon kelsa, qizingni yasantirasanmi?!

Sizlar qiz(lar)ning qalinroq kiyintirilishini xohlaysiz, men esa qizlarni bunday tadbirlarga chiqarmanglar deyman. Chunki biz tinch yurtda yashayapmiz. Urushish uchun emas, ko‘rishish uchun tashrif buyuriladigan davrda yashayapmiz.

Ma’naviyat, milliylik deyishdan oldin, odam sal nima qilayotganini anglashi kerak. Fikrlarim bilan kimlargadir noqulaylik yaratgan bo‘lsam, uzr.

Mavzuga doir maqolalar:

Sovuq bo‘lishiga qaramay, maktab qizlari amaldorlar oldiga atlas ko‘ylakda olib chiqildi (foto)

Sovuq bo‘lishiga qaramay, maktab o‘quvchisi Shuhrat G‘aniyev oldiga atlas ko‘ylakda olib chiqildi

Matbuot xizmati Shuhrat G‘aniyev bunday topshiriq bermaganini aytib, hayotdan hikmat izlashga chaqirdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан