Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amazon kapitalizatsiyasi va Jeff Bezosning boyligi tarixiy maksimumga yetdi
7.07.2020 16:25,  
350

6 iyul kungi savdolarda Amerikaning eng yirik onlayn chakana savdogari Amazon shirkatining kotirovkalari 4 %dan ko‘proqqa o‘sdi. Nasdaq birjasida kompaniya aksiyalari narxi ilk bora $3000 dan oshdi, shirkatning umumiy bahosi esa $1,5 trln. ga yetdi.

Amazon rahbari Jeff Bezos o‘z boyligini $172 mlrd. ga yetkazdi. Real vaqt rejimida milliarderlar reytingini ko‘rsatuvchi Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Bu rekord ko‘rsatkichdir: bunga qadar milliarderning boyligi eng ko‘pi $167,7 mlrd. ga yetgan edi. Bu voqea 2018 yilning 4 sentyabrida bo‘lgan va undan keyin Bezos rafiqasi bilan ajrashdi va boyligining bir qismini yo‘qotdi.

Amazon kotirovkalarining o‘sishi ko‘plab tahlilchilarni ham hayratda qoldirdi. Pandemiyaga qaramay kompaniya yil boshidan beri 60 %dan ortiqroqqa qimmatladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан