Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Amerika” nomli oltin unitazni topganga 125 ming dollar mukofot beriladi
5.10.2019 17:08,  
1504

Angliyada o‘g‘irlab ketilgan oltin unitazni topishda yordam berganlarga 125 ming dollar mukofot va’da qilindi, deya yozadi “Yevronyus”.

Ushbu unitaz joriy yilning 14 sentyabr kuni Oksfordshir shahridagi Blenxeym saroyida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmadan o‘g‘irlab ketilgan. Mukofot olmoqchi bo‘lganlar unitazning shikastsiz topilishiga va o‘g‘rilarning qo‘lga tushishiga yordam berishi kerak.

“Amerika” nomi berilgan va 18 karatlik oltindan yasalgan ushbu unitazning bahosi 6 million dollarga teng bo‘lib, uning muallifi italiyalik rassom Mauritsio Kattelan hisoblanadi. 2016 yilda “Amerika” Nyu-Yorkdagi Guggenxaym muzeyida ko‘rgazmaga qo‘yilgan va 1 dollar evaziga undan foydalanib ko‘rishga ruxsat berilgan edi. Oltin unitazni qariyb 100 kishi ishlatib ko‘rdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан