Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amerikada yana bir IT giganti kapitalizatsiyasi $1 trlnga yetdi
17.01.2020 19:22,  
307

Amerikaning IT shirkati Alphabet Inc. Apple, Microsoft hamda Amazon’dan keyin kapitalizatsiyasi $1 trlnga yetgan to‘rtinchi kompaniyaga aylandi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Alphabet shirkati dunyoga mashhur qidiruv sayti Google'ga egalik qiladi.

Payshanba kuni birjada kompaniya aksiyalari 0,87 %ga qimmatlab, donasi 1451,7 dollarga yetgan. Shunda kompaniya umumiy kapitalizatsiyasi 1 trln dollarga teng bo‘lgan.

Hozirda Apple’ning bozor bahosi taxminan $1.4 trln, Microsoft’ning kapitalizatsiyasi $1.2 trln, Amazon’niki esa 931 mlrd dollarga baholanmoqda (Amazon kapitalizatsiyasi o‘tgan yili $1 trlnga yetgan edi).

Alphabet xolding tarkibiga Google’dan tashqari, Android operatsion tizimi, YouTube videoxostingi, Verily tibbiy tadqiqotlar markazi, Calico biotexnologiya ilmiy tadqiqotlar markazi, Sidewalk Labs, Nest, Google Ventures, Google Capital va Google X kompaniyalari kiradi.

 2019 yil 30 sentyabr holatiga xoldingda ishlovchi xodimlar soni 114 mingdan oshdi.

Mavzuga doir: AQSh-Eron nizosining yana bir qurboni: Saudi Aramco

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан