Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amerikalik aktyor Uill Smit “Oskar” kinoakademiyasidan ketganini ma’lum qildi
4.04.2022 05:08,  
156

94-Oskar taqdirlash marosimida amerikalik aktyor Uill Smit boshlovchi Kris Rokga tarsaki tushirgani bilan bog‘liq vaziyat tufayli kino san’ati va fanlari akademiyasini tark etishini ma’lum qildi.

CNN agentligi xabar berishicha, ushbu mojarodan so‘ng tashkilot aktyorning xatti-harakati ko‘rib chiqilishini aytgan. – Smit akademiyaning xulq-atvor standartlarini buzdi, buni 18 aprelga belgilangan direktorlar kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqamiz, – dedi akademiya prezidenti Devid Rubin.

Shundan so‘ng aktyor tashkilotni o‘z ixtiyori bilan tark etishini va boshqaruv kengashi tomonidan qabul qilingan barcha qarorlarga rozi ekanini ma’lum qilgan.

– Marosimda qilgan ishim to‘g‘ri emasligini bilaman. Bu kechirib bo‘lmas holat, – deydi aktyor. – Bu nafaqat Krisga, balki ko‘plab do‘stlarim va qarindoshlarimga, shuningdek, tadbirga yig‘ilgan auditoriyaga ham qattiq ta’sir qildi. Xullas, akademiyaning ishonchini oqlamadim.

Xabarda aytilishicha, Uill Smit kino yulduzlari, rejissyor va prodyusserlarni birlashtiruvchi tashkilotdan ketsa, u Oskarga nomzod filmlar va spektakllarga ovoz bera olmaydi. Faqat uning ishi mukofotga nomzodlar ro‘yxatidan chetlatilmaydi, xolos.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан