Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amerika fuqarosi Samarqanddagi shirkatning 23% aksiyalarini sotib oldi
7.11.2019 18:12,  
564

“Toshkent” fond birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarosi Albert Binyaminov “Samarqand burg‘u asbobi” AJning 214146 dona aksiyalarini sotib oldi. Aksiyalar paketi jami aksiyalarning 23,452 foiziini tashkil qiladi.

Spot ma’lumotlariga ko‘ra, Binyaminov 2018 yilning yanvar oyida ham shu kompaniyaning aksiyalarini sotib olgan. Umumiy hisobda 107634 dona aksiya xarid qilingan.

Kompaniyaning 38% aksiyalari “Temir beton 2004” MChJga, 25,28% aksiyasi 4 nafar Qozog‘iston fuqarolariga tegishli. 140 nafar jismoniy shaxslar qo‘lida esa 21,7% aksiya mavjud. Aynan kimlarning aksiyalari sotilganiga aniqlik kiritilmagan.

“Samarqand burg‘u asbobi” AJ foydali qazilmalarni qazib olish va qidirish, tunnellar va gidrotexnika inshootlarini qurishda teshiklarni va quduqlarni burg‘ilash uchun karbidli burg‘ulash bitlarini ishlab chiqaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан