Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amerikalik kongressmen vaksina olganidan keyin koronavirusga chalindi
31.01.2021 20:14,  
179

AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Stiven Linch (Massachusets shtatidan demokrat), belgilanganidek, vaksinaning ikkita dozasini olib bo‘lganidan keyin koronavirusga chalindi. Bu haqda kongressmenning matbuot kotibi ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Hozircha janob Linchda simptomlar yo‘q, u o‘zini yaxshi his qilyapti», — dedi u. Demokrat karantinga ketadi va ishini uydan davom ettiradi.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, kongressmen Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlangan. Ikkinchi dozani u AQSh prezidenti Jo Baydenning 20 yanvardagi inauguratsiyasidan oldin qabul qilgan. O‘sha paytda Linch koronavirusga test ham topshirgan, u manfiy natija bergan.

AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi saytida aytilishicha, virusga nisbatan immunitet ishlab chiqarilishi uchun odam organizmiga vaqt kerak, shuning uchun bevosita emlanishdan oldin yoki keyin COVID-19’ga chalinib qolish mumkin. AQShda ma’qullangan birorta ham vaksina o‘z-o‘zicha kasallikni keltirib chiqara olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Kaliforniya shtati Pleser okrugida koronavirusga qarshi emlangan fuqaro vafot etgani yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tekshiruv boshladi. Vafot etgan shaxs koronavirus bilan 2020 yil dekabr oyi oxirida kasallangan. Keyinchalik, 21 yanvar kuni u COVID-19’ga qarshi emlangan va oradan bir necha soat o‘tib vafot etgan.

Jons Hopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 26 million kishidan oshgan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан