Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amerikalik musulmon shifokor saratonga chalinganlarga bepul xizmat ko‘rsatdi
6.01.2021 20:11,  
184

Amerikalik musulmon shifokor Umar Atik ularning ko‘pchiligi hisoblarni to‘lay olmasligini anglagach, saraton kasalligiga tibbiy xizmat to‘lovini bekor qilishga qaror qildi.
"Men vaqt o‘tib, shunchaki to‘lay olmaydigan odamlar borligini tushunib yetdim," - dedi doktor Atik.
Dushanba kuni shifokor o‘z bemorlariga maxsus xabarlarni yubordi. Pokistonlik amerikalik shifokorning aytishicha, bu juda qiyin yil bo‘ldi va u o‘z bemorlariga moliyaviy jihatdan yordam berishdan mamnun.
"Saraton juda jiddiy kasallik bo‘lib, pandemiya paytida bemorlar uchun yanada qiyin bo‘ladi".
Islam.ru ma’lumotlariga ko‘ra, shifokor jami 200 nafar bemorlarning hisoblaridagi 650 000 dollarni hisobdan chiqarib tashladi.  "Men oddiy shifokorman - oddiy odamman, shunga qaramay bu odamlarga yordam bera olishim mumkin bo‘ldi", - dedi Atik.
Umar Atik bu yangi 2021 yil yanada yorqinroq bo‘lishiga umid uyg‘otishiga umid qiladi. "Men ularni yaxshi ko‘raman, ular haqida g‘amxo‘rlik qilaman va bemorlarim uchun biror narsa qila olganimdan xursandman", - ta’kidladi Atik

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан