Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amerikalik olim COVID-26 va COVID-32 xavfidan ogohlantirdi
31.05.2021 22:07,  
220

COVID-19 ning sabablarini aniqlash kerak, aks holda insoniyat COVID-26 va COVID-32 bilan duch kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik olim hamda koronavirus va yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Piter Hotez ta’kidlagan. 

Mutaxassisga ko‘ra, hozirgi COVID-19 pandemiyasi 2002-2003 yillardagi SARS epidemiyasi va Yaqin Sharqdagi MERS sindromidan keyin “XXI asrdagi uchinchi yirik epidemiya yoki koronavirus pandemiyasi” hisoblanadi. 

“Ona tabiatning o‘zi nima bo‘lishini aytadi: agar biz COVID-19 kelib chiqishini to‘liq tushunib olmasak, unda COVID-26 va COVID-32 ham bo‘ladi”, degan Hotez. 

Uning ta’kidlashicha, yangi koronavirusning “avj olishini” tekshirish kerak. Buning uchun virusologlar, epidemiologlar va boshqa mutaxassislar epidemiya boshlangan Xitoyning Uxan shahriga yuborilishi kerak. Ular Uxanda ma’lumotlar va kerakli namunalarni to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Hotezning aytishicha, agar Xitoy hamkorlik qilmasa, COVID-19 ning kelib chiqishi to‘g‘risida ma’lumot olishda muammolar bo‘ladi. Uning fikricha, Pekinga qattiq bosim o‘tkazish, shu jumladan mumkin bo‘lgan sanksiyalarni kiritish kerak, shunda mutaxassislar hayvonlar, odamlar, namunalar va laboratoriyalarni to‘siqsiz o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Avvalroq, AQSh Prezidenti Jo Bayden AQSh razvedka agentliklariga COVID-19 kelib chiqish manbasini topish va natijalari to‘g‘risida 90 kun ichida hisobot berish bo‘yicha harakatlarni ikki baravar ko‘paytirishni buyurgandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан