Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amiran Sardarov xotini Maryam Tillayevaning yarim yalang‘och suratini e’lon qilgani uchun Karimovlar oilasidan uzr so‘radi.Maryam esa Amiranga «uzr so‘rama» dedi (foto)
6.08.2021 13:40,  
4272

Rossiyalik bloger Amiran Sardarov 5 avgust kuni rafiqasi Maryam Tillayeva (O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi)ning ichki kiyimsiz tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar va keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi — deya xabar bermoqda ’Daryo.uz’

 

Foto: Instagram / @amiran495

6 avgust kuni Amiran suratni Instagram’dagi sahifasidan o‘chirib tashlagan. U yangi postida Karimovlar oilasidan uzr so‘ragan.

«Rafiqam va uning oilasidan kechirim so‘ramoqchiman. Hazillashmoqchi edim, lekin o‘xshamadi. Karimovlar oilasidan yana bir bor ushbu o‘ylanmagan va nomunosib ish uchun kechirim so‘rayman», — deb yozadi Amiran.

Maryam esa turmush o‘rtog‘ining postiga: «Kechirim so‘rash kerakmas, menga sening kontenting (qo‘ygan rasming) yoqadi», — deb izoh yozib qoldirgan.

Ma’lumot uchun, Maryam 7 yil avval ota-onasi — biznesmen Timur Tillayev va Lola Karimova-Tillayeva bilan AQShga ko‘chib ketgan. Amiran Sardarov rossiyalik taniqli bloger bo‘lib, YouTube’da uning 6 millionga yaqin obunachisi bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан