Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti hududida namozxona ochildi
15.01.2020 20:14,  
368

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida namozxona ochildi. Bu haqda “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida Xalqaro press-klubning navbatdagi sayyor sessiyasida ishtirok etgan Sof.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Respublikamizda ziyorat turizmini rivojlantirish, yurtdoshlarimizga qulay sharoit yaratish maqsadida kurort hududida qulay va issiq ibodat xonasi tashkil etildi. 

Namozxona kurortning kassa va tibbiy ambulatoriya xonalari yonida joylashgan bo‘lib, "Prayer room. Komnata dlya molitv" deb yozib qo‘yilgan.

"Hojatxonada ham tahorat qilish uchun sharoitlar yaratishibdi", deydi Sof.uz muxbiri.

“Amirsoy” majmuasini ishga tushirish uchun Italiya, Germaniya, Avstriya, Argentina, Ispaniya va Daniya kabi davlatlardan yetakchi loyihachi kompaniyalar jalb etilib, tog‘-chang‘i kurorti majmuasi zamonaviy jahon standartlari asosida qurib bitkazildi.

“Amirsoy” loyihasi bo‘yicha 2018 yildan buyon 892 gektar maydonda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilib, u 580 o‘ringa mo‘ljallangan. Loyiha doirasida 300 yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan hamda uning umumiy qiymati 100,0 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан