Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining 2-bosqich loyihasi 75 million yevroga teng bo‘ladi
22.09.2020 13:04,  
109

Bo‘stonliq tumanining turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish va rivojlantirish, hududga mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar, zamonaviy va sifatli infratuzilmani yaratish maqsadida “Amirsoy” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan 2019 yil dekabr oyida osma yo‘llar, chang‘i trassalari va joylashtirish vositalarini barpo etishni o‘z ichiga olgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort majmuasi barpo etilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 27 avgustdagi 6053-son farmoniga muvofiq, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti majmuasini kengaytirish, loyihaning 2-bosqichini amalga oshirish yuzasidan vazifa belgilangan. 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, shu maqsadda, loyiha tashabbuskori hamda u tomonidan jalb etilgan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 75 million yevro bo‘lgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort majmuasi barpo etishning 2-bosqichi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 sentyabrdagi 414-F sonli farmoyishi qarori qabul qilindi. Loyiha doirasida quyidagilar amalga oshirilishi belgilab olindi:

• 2400 o‘ringa mo‘ljallangan 4 restoran; 

  • • 105 o‘rinli xonalar fondiga ega bo‘lgan «4 yulduzli» mehmonxona; 
  • • 101 o‘rinli xonalar fondiga ega bo‘lgan «5 yulduzli» mehmonxona; 
  • • ofislar va savdo maydonlaridan iborat 500 o‘ringa mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtoturargoh; 
  • • osma yo‘llar, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, shuningdek, 16.8 km uzunlikdagi tog‘-chang‘i trassalari; 
  • • tog‘ sporti, chang‘i va boshqa jihozlarni ijaraga berish shoxobchalariga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli markaz; 
  • • basseynlar va hordiq chiqarish hamda dam olishning mavsumiy turlarini tashkil qilish uchun maxsus maydonlar.

«Mamlakatimiz turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan mazkur loyihani o‘z muddatlarida amalga oshirilishini ta’minlash uchun davlat tomonidan zarur infratuzilma va tarmoqlarni barpo etishda ko‘mak beriladi. Shuningdek, loyiha tashabbuskoriga qurilish-montaj ishlari va kelgusida loyihani ekspluatatsiya qilish jarayonida noyob tabiiy ob’yektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha mas’uliyat yuklatildi» - deyiladi qo‘mita xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан