Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amsterdamda to‘rtinchi jo‘natma ham portladi
13.02.2020 18:32,  
936

Hisob bo‘yicha ichida portlovchi jihoz bo‘lgan to‘rtinchi jo‘natma Niderlandiya poytaxti Amsterdamda portladi

Qayd qilinishicha, portlash natijasida hosil bo‘lgan tutundan u qabul qilib olingan pochta bo‘linmasida bir kishi jabrlangan. Ayni paytda hodisa joyida tez yordam xizmati va politsiya xodimlari faoliyat olib boryapti. 

13 fevral, payshanba kuni xuddi shunday, ichida portlovchi jihoz bo‘lgan konvert Niderlandiyaning Lyosden shahrida, 12 fevral kuni esa Kerkrad va Amsterdamgi pochta bo‘linmalarida qabul qilingan va portlab ketgan edi. 

Politsiyaning ta’kidlashicha, portlovchi jihozlar inson o‘limiga sabab bo‘lmaydi, ammo jiddiy shikastlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Tergovchilarning fikricha, bu harakatlar ortida bir yoki bir nechta kishi turibdi. Ammo haligacha aniq bir gumondor topilmagan. 

Shu kabi shubhali jo‘natmalar to‘lqini 2019 yil yanvarida Avstraliyada kuzatilgandi. O‘shanda Melburndagi turli davlatlarning elchixona va konsullik xizmatlariga 10 ta shubhali jo‘natma yuborilgan, oqibatda diplomatik vakolatxona xodimlari zudlik bilan binolardan olib chiqilgan. 

Germaniya, Italiya, Hindiston, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Janubiy Koreya diplomatik idoralariga kelgan jo‘natmalar ustiga “Ochishdan oldin niqobni taqing”, deb yozilgan bo‘lgan. Ammo politsiya bu jo‘natmalarni tekshirganida jiddiy biron narsa topa olmagan, elchixona va konsulxona xodimlari ikki soatdan keyin ish joylariga qaytgan. 

O‘shanda ham bu jo‘natmalarni kim va nima maqsadda yuborganini aniqlash imkoni bo‘lmagan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан